

Jamoamiz sardori Marko Simich Chernogoriya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubisha Tumbakovich tomonidan Daniya va Polshaga qarshi muhim bellashuvlarga jalb etildi. Chernogoriya ikki o'yinda g'alaba qozongan taqdirda jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin. Bo'lajak bellashuvlarda Marko va uning terma jamoasiga omad tilaymiz.
5 oktyabr, 23:45
Chernogoriya - Daniya
8 oktyabr, 21:00
Polsha - Chernogoriya

Isroil terma jamoasi ustozi Elisha Levi esa Gidi Kanyukni Lixtenshteyn va Ispaniya bilan bo'ladigan o'yinlarga chaqirdi. Dastlab Lixtensheytnga safar qiladigan Isroil 9 oktyabr kuni Ierusalimda Ispaniyani qabul qiladi. Kanyuk termasi mundial yo'llanmasidan mahrum bo'lib ulgurgan.
6 oktyabr, 23:45
Lixtenshteyn - Isroil
9 oktyabr, 23:45
Isroil - Ispaniya



