"Paxtakor": Futbolchilarimizning Chempionlar Ligasidagi ko'rsatkichlari

Narzulla Saydullayev
15 fev 2019, 10:34
“Eyr Fors”ga qarshi uchrashuvda “Paxtakor” futbolchilari bir qator e'tiborli ko'rsatkichlarni qayd etishdi.

Hojiakbar Alijonov OCHLda debyutini o'tkazdi. U debyut o'yinidayoq golli to'p oshirishni uddalaganini eslatib o'tamiz. Marat Bikmaev kechagi uchrashuv bilan ayni paytda jamoamizda o'ynayotgan futbolchilar orasida eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar ro'yxatida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. U 31 bellashuvda o'ynagan hamda Vladimir Kozakni bir o'yinga ortda qoldirmoqda.

Jaloliddin Masharipov va Sadriddin Abdullaev 20-uchrashuvlarida maydonda harakat qilishdi. Egor Krimec va Odil Hamrobekov 15tadan, Sanjar Quvvatov 10ta bellashuvda ishtirok etib ulgurishdi.

Marat Bikmaev  31 o'yin (11 gol)
Vladimir Kozak  30 o'yin (1 gol)
Dostonbek Hamdamov  21 o'yin (3 gol)
Jaloliddin Masharipov  20 o'yin (3 gol)
Sadriddin Abdullaev  20 o'yin (1 gol)
Igor Sergeev  19 o'yin (8 gol)
Sherzod A'zamov  18 o'yin
Akram Komilov  17 o'yin (1 gol)
Egor Krimec  15 o'yin (1 gol)
Odil Hamrobekov  15 o'yin
Eldorbek Suyunov  14 o'yin
Bahrom Abdurahimov  12 o'yin
Dilshod Rahmatullaev  11 o'yin
Sanjar Quvvatov  10 o'yin
Farruh Sayfiev  9 o'yin (1 gol)
Sardor Sobirxo'jaev  9 o'yin
Dragan Cheran  8 o'yin (2 gol)
Jasur Yaxshiboev  2 o'yin
Marko Simich   1 o'yin
Hojiakbar Alijonov  1 o'yin

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz