"Paxtakor" futbolchilari o'yindan keyin kiyim almashtirish xonasini tozalab ketishdi

Xayrulla Xoliqov
26 noya 2018, 21:22
Bugun Superliganing 31-tur doirasida "Lokomotiv" - "Paxtakor" bahsi bo'lib o'tdi.

Bunda "Lokomotiv" 3:2 hisobida g'alaba qozonib, o'z tarixida ketma-ket uchinchi marta O'zbekiston chempioni bo'ldi. Shu o'rinda garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lishiga qaramay, "Paxtakor" futbolchilariga rahmat aytsa arziydi. Chunki jamoa a'zolari o'yindan keyin kiyim almashtirish xonasini bamisoli chinnidek tozalab ketishdi. Mana buni haqiqiy professionalizm desa bo'ladi. Qoyil.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia