1-turda jamoamiz "Paxtakor" stadionida saralash bosqichi g'olibiga qarshi maydonga tushadi. O'sha kuni "Naft" (Eron) - "Al Jaish" (Qatar)/"Nahda" (Ummon) uchrashuvlarida g'alaba qozongan klub mehmon bo'ladi. "Paxtakor"ning Chempionlar ligasi 2015 yilgi mavsumidagi uy o'yinlari uchun akkreditatsiyadan o'tish jarayoni boshlanganini ma'lum qilamiz.
Akkreditatsiyadan o'tgan OAV vakillari jamoamiz ishtirokidagi uy o'yinlarini media tribunadan tomosha qilish, matbuot anjumanlarida ishtirok etish, mikst zonada futbolchilardan intervyu olish, media markazda ishlash va jurnalistlarga yaratilgan qulayliklardan foydalanish huquqiga ega bo'lishadi. Akkreditatsiyadan o'tish uchun 3X4 hajmida bir dona rasm, pasport nusxasi va ish joyidan xat elektron ko'rinishda pakhtakortashkent@gmail.com manziliga jo'natilishi lozim.