"Paxtakor" bugun Slovakiyaning 7 karra chempioni bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2020, 12:02
BAAda yig'in o'tkazayotgan "Sherlar" shanba kuni ikkinchi nazorat bahsida maydonga tushishadi.

"Jilina" Slovakiyaning eng mashhur klublaridan biri hisoblanib, 7 karra mamlakat chempioni va 2 marta Slovakiya Kubogi sohibi bo'lishga erishgan.  Ayni paytda jilinaliklar o'z ligalarida 2-o'rinni egallab turishibdi. Bu jamoaga mahalliy mutaxassis Pavol Shtano boshchilik qilmoqda. "Paxtakor" va "Jilina" o'rtasidagi bellashuv 25 yanvar, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da Abu Dabidagi "Jebel Ali" stadionida boshlanishi rejalashtirilgan. Dastlabki nazorat o'yinida "Paxtakor" "Rostov" bilan 1:1 hisobida durang qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz