"Paxtakor" Andreevning jarohati borasida ma'lumot berdi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2017
Milliy terma jamoa uchrashuvida jarohat olgan Stanislav Andreev tibbiy tekshiruvdan o'tkazildi.

Uning jarohatiga tizzadagi old xochsimon paylarning shikastlaniishi deb tashxis qo'yildi. Andreevning safga qaytishi ikkinchi davradan avval ro'y bermaydi. Yaqin kunlarda jarohatini operaciya bilan yoki operaciyasiz davolash borasida bir qarorga kelinadi. Yarim himoyachining mashg'ulotlarga qachon qaytishi bo'yicha aniq ma'lumotni yaqin kunlarda taqdim etamiz.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz