"Paxtakor" – "Al Hilol" uchrashuvi chiptalari qanchadan sotilmoqda?

Administrator
2 mar 2025, 13:40
4-mart kuni "Paxtakor" klubi "Al Hilol" bilan o'ynaydi.

Elit OCHL pley-off bosqichidan o'rin olgan uchrashuv "Jar" stadionida o'tkaziladi. Ushbu uchrashuv chiptalari iTicket saytida sotilmoqda. Chipta narxi 50 ming so'm hisoblanadi.


Bundan tashqari, 3 mart, dushanba kuni Elit Chempionlar Ligasi nimchorak finalidan o'rin olgan "Paxtakor" va "Al Hilol" o'yinidan avval rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.

"Paxtakor" - "Al Hilol" o'yini rasmiy tadbirlari bo'yicha ma'lumot:

14:00 "Paxtakor" matbuot anjumani ("Jar" stadioni)

16:00 "Paxtakor" mashg'uloti (Qibray bazasi)

20:30 "Al Hilol" matbuot anjumani ("Jar" stadioni) 

21:00 "Al Hilol" mashg'uloti ("Jar" stadioni)

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати