"Paxtakor-79" xotirasi yodga olindi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2022
Bugun, 11 avgust kuni "Paxtakor-79" fojiasiga 43 yil to'ldi.

Botkin qabristonida 1979 yil hayotdan ko'z yumgan jamoa vakillarini xotirlash tadbiri o'tkazildi.

Unda futbol jamoatchiligi, mutaxassislar, faxriylar, "Paxtakor" rahbariyati va asosiy tarkib vakillari, muxlislar jam bo'lishdi. Marosimni olib borgan taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To'xtamirzaev o'sha "Paxtakor" butun O'zbekistonni dunyoga tanitgani, muxlislar yoqimtoyiga aylanib, ularning faxri bo'lgani, fojia sababli o'zbek futboli katta yo'qotishga uchragani to'g'risida to'xtalib o'tdi.

Shundan keyin o'zbek futboli afsonalari Birodar Abduraimov va To'lagan Isoqov, "Paxtakor" FK raisi o'rinbosari Dilshod Karimov va jamoa bosh direktori Dmitriy Adisman, futbol muxlislari so'zga chiqib, shonli jamoa xotirasi haqida so'zlab o'tishdi.

Xotira tadbiridan suratlarni to'liq ravishda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling >>>>> FOTOGALEREYA

Foto: Jahongir Fayzullaev

Xotira tadbiridan suratlarni to'liq ravishda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling >>>>>FOTOGALEREYA


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia