"Paxtakor" 1,8 million evrolik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2017, 14:35
Toshkentning "Paxtakor" klubi bugun yangi murabbiy va futbolchini tanishtiradi.

Gruziyalik bosh murabbiy Shota Arveladzedan tashqari jamoaning yangi a'zosi, chernogoriyalik himoyachi Marko Simich tanishtirladi. Ushbu futbolchining so'nggi klubi Rossiyaning "Rostov" klubi bo'lgan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra ayni paytda Simichning transfer bahosi 1,8 million evroga teng. Ushbu portalga ko'ra Simichning transfer bahosi eng yuqoriga ko'tarilgan payt 2013 yil bo'lgan. Turkiyaning "Qaysarispor" klubida o'ynagan davrda himoyachining narxi 3 million evroni tashkil etgan.

1 iyul kuni uning "Rostov" bilan tuzgan shartnomasi o'z nihoyasiga etadi va Simich "Paxtakor" safiga erkin agent sifatida ko'chib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia