Marko Simich: Lokomotiv o'tgan yilgi chempion, ular chiroyli va hujumkor futbol ko'rsatishga urinishadi

Narzulla Saydullayev
29 apr 2018, 08:45
Paxtakorning chernogoriyalik himoyachisi Lokomotiv bilan o'yindan avval uchrashuv xususida fikrlarini bildirdi.

- Qiyin o'yin bo'lishini kutyapmiz. Lokomotiv oxirgi ikki bellashuvda zafar quchdi. Ular o'zlarini tiklab borishmoqda. Chempionlar ligasidagi o'yinlar sababli bu jamoada muammolar yuzaga keldi. Ayni paytda tig'iz taqvim tufayli barchada tiklanish va keyingi uchrashuvlarga tayyorlanish borasida qiyinchiliklar paydo bo'ldi. Jamoalar bir xil vaziyatda deb aytsak xato bo'lmaydi.

Biz o'z o'yinimizni namoyish etishga intilamiz. Raqibimiz o'tgan yilgi chempion, ular chiroyli va hujumkor futbol ko'rsatishga urinishadi. Kuchli jamoa ekanini ayta olaman. Yaxshi saviyadagi o'yinchilar jamlangan.

Astalik bilan oldinga qadam tashlab bormoqdamiz. O'tgan yilgi uchrashuvda bu jamoa darvozasini ishg'ol qilgandim. Ayni paytda biz uchun eng muhimi jamoaviy g'alaba, - dedi Simich.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz