Pavar uchun yana ikki da'vogar bor

Mirjalol Normatov
15 iyul 2023, 00:33
"Manchester Siti" Benjamen Pavar uchun kurashda da'vogarlikdan chiqdi.

"Goal" xabariga ko'ra, "shaharliklar" rostdan ham futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan, Pavarning o'yini "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga ham maqul keladi. Biroq fransiyalikning oldida faoliyatini davom ettirishi uchun yanada ochiqroq va yaxshiroq takliflar bor. "Manchester Yunayted" va "Yuventus Pavarning agenti bilan muzokaralar olib borgan.

"Bavariya" esa Pavar borasidagi takliflarni o'ylab ko'rishga qarshi emas. O'z navbatida himoyachining o'zi ham ketishni istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal