

Pavar Myunxen jamoasining kelgusi mavsumdagi rejalariga kiritilmagan. Klub rahbariyati fransiyalik futbolchiga yangi jamoa qidirishni boshlashi kerakligini allaqachon aytib o'tgan.
"Bavariya" 26 yoshli futbolchini 35 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda futbolchi 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Pavar "Bavariya"ga 2019 yilning yozida "Shtutgart"dan kelib qo'shilgandi. Himoyachining Myunxen klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Pavar Fransiya terma jamoasi safida jahon chempioni hisoblanadi.



