Paulo Dibala Ronalduni deb "Yuventus"ni tark etishi mumkin

Alisher
12 iyun 2019
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala Turin klubini tark etishga tayyor.

25 yoshli futbolchini kyetishga majbur qilayotgan narsa o'tgan yili Krishtianu Ronalduning jamoaga kelganidir. Klub sxemalari 4-3-3 ko'rinishini olgandan so'ng, Paulo maydonda kamroq ko'rina boshladi. U maydonga tushgan taqdirda ham, o'ng qanotga qo'yilyapti va u o'zini bu poziciyada yaxshi his etmayapti.

Eslatib o'tamiz, Dibala "Yuventus" libosida A Seriyaning 2018/19 yilgi mavsumida 30ta o'yinda (24tasi asosiy tarkibda) harakat qilib, 5ta gol va 4ta assistga erishgan. Pauloga qo'lga kiritish uchun kurashda "Inter" va "Manchester Yunayted" klublari yetakchilik qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports