Paratichi: "Manjukich borasida bizda ajoyib taklif bor"

Mirjalol Normatov
15 sen 2019, 18:18
"Yuventus" direktori Fabio Paratichining aytishiga ko'ra, hujumchi Mario Manjukich jamoani tark etishi kutilmoqda.

"Manjukichni sotish borasida bizda ajoyib taklif bor. Gap Qatardan bo'layotgan sahiyona pullar haqida ketmoqda", - deya iqtibos keltiradi "Football Italia".

Oldinroq Manjukichning xizmatlariga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgandi. Biroq hozircha Qatardan aynan qaysi jamoa 33 yoshli xorvatiyalikni sotib olishi sir tutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia