Paratichi: "Bizdan ketganlar qaytib kelmoqda"

Mirjalol Normatov
1 sen 2019, 12:27
"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi transferlar oynasi yopilgunga qadar Paulo Dibalaning jamoani tark etishi borasidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Transferlar oynasi yopilgunga qadar Dibala jamoani tark etishi borasidagi xabarlarni rad etaman. Bu variantni ko'rib chiqmayapmiz. Bizning klub barchada iliq taassurotlar qoldirmoqda. Bu yerdan ketganlarning ko'pchiligi qaytib kelmoqda. Masalan, Buffon va Bonuchchi", - dedi Paratichi.

Oldinroq Dibalaga "Manchester Yunayted" hamda "Tottenxem" kabi klublardan qiziqishlar bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia