Papiss Sisse Evansga tuflagani uchun 7 o'yinga diskvalifikaciya qilinadi

Narzulla Saydullayev
6 mar 2015, 10:00
Nyukasl hujumchisi Papiss Sisse MYU himoyachisi Jonni Evansga tuflagani uchun 7 o'yinlik diskvalifikaciya jazosini oldi.
Senegallik futbolchi Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) oldida o'z aybini tan oldi va uzoq muddatli diskvalifikaciya oladi. Sababi u birinchi marta tartibni buzayotgani yo'q.

Shunday qilib, Sisse 9 may kuni Vest Bromvichga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin. Evansga kelsak, u hali FA ning ayblovlariga javob bergani yo'q.

Eslatib o'tamiz, oldiroq Evans va Papiss Sisse bir-birlariga tuflaganlari uchun 6tadan o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru