"Palmeyras" finalda "Estudiantes"ni mag'lub etib, Libertadores kubogi-2026 sohibiga aylandi

29 noya 2026, 07:34
28 noyabrdan 29 noyabrga o'tar kechasi "Palmeyras" (Braziliya) va "Estudiantes" (Argentina) klublari o'rtasida Libertadores kubogi-2026 final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bahs Urugvayning Montevideo shahridagi "Sentenario" stadionida o'tkazildi va Braziliya jamoasining 1:0 hisobidagi minimal g'alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu uchrashuvdagi yagona va g'alaba to'pini 52-daqiqada kolumbiyalik Jon Ariasning uzatmasidan so'ng paragvaylik hujumchi Ramon Sosa kiritdi.

Shu tariqa, "Palmeyras" tarixda to'rtinchi marta Libertadores kubogi g'olibiga aylandi. "Estudiantes" hisobida ham turnirdagi to'rtta g'alaba mavjud. Libertadores kubogida g'alabalar soni bo'yicha rekordchi trofeyni etti marta qo'lga kiritgan "Independente" hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinda oltita g'alabaga ega "Boka Xuniors" bormoqda.

2025 yilgi Libertadores kubogi sohibi esa Braziliyaning "Flamengo" klubi bo'lib, o'tgan musobaqa finalida "qizil-qoralar" "Palmeyras"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar

Manba: Championat.com