Braziliya Libertadores kubogidagi g'alabalar soni bo'yicha Argentinadan o'zib ketdi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2026, 13:26
Braziliya klublari Libertadores kubogida Argentina jamoalariga qaraganda ko'proq zafar quchishgan.

Bugun turnir finalida "Palmeyras" "Estudiantes"ni mag'lub etdi (1:0).

Braziliya A Seriyasi klublari ketma-ket sakkiz bor turnir g'olibiga aylanishdi – bu musobaqa tarixidagi eng uzoq seriya hisoblanadi. Argentina jamoalari esa ko'pi bilan ketma-ket to'rt mavsumda zafar quchishgan.

Endilikda Braziliya klublari hisobida Libertadores kubogida 26 ta g'alaba bor. Ular Argentinadan (25) o'zib ketishdi. Uchinchi o'rinni 8 ta sovrin bilan Urugvay egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Wikipedia