O'zPFL yilning eng yaxshilarini aniqlash jarayonini boshladi. Eng yaxshi futbolchi va eng yaxshi murabbiy bo'lishga da'vogarlar

Narzulla Saydullayev
17 dek 2020, 09:20
Coca Cola Superligasi ushbu mavsumi yakuniga etganidan xabaringiz bor.

Mavsum davomida O'zPFL oyning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va golini aniqlab keldi. Yil yakunida esa, ananaga ko'ra turli nominaciyalarda eng yaxshilarni aniqlaydi.

O'zPFL bu yilgi mavsum yakunida bir nechta nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilarni aniqlash tizimiga biroz o'zgartirish kiritdi. Oldingi mavsumlarda yil laureatlarini aniqlashda ularning oyma-oy to'plagan ochkolari yig'indisi hisobga olinar edi. Bu yil eng yaxshilarni aniqlash uchun yakunda ham Coca Cola Superligasi klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ovoz beradi. Bunda mavsum davomida oy g'oliblari sifatida eng ko'p ochko to'plagan uch nafar murabbiy va futbolchiga O'zPFL nomzodlari qo'shilgan holda – jami 4 nafar nomzod ishtirok etadi.

Qolgan nominaciyalarda esa 3 nafardan nomzod ishtirok etadi.

O'zPFL bu mavsum quyidagi nominaciyalarda eng yaxshilarni aniqlaydi.

Coca Cola Superligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi

Coca Cola Superligasida mavsumning eng yaxshi murabbiyi

Coca Cola Superligasida yilning eng yaxshi yosh futbolchisi

Coca Cola Superligasining yil ramziy terma jamoasi

Eng yaxshi ayol futbolchi

Eng yaxshi futzalchi

Yilning eng chiroyli goli

Pro liganing eng yaxshi futbolchisi

Maxsus sovrin.




Coca Cola Superligasida yilning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar

1. Bobir Abdiholiqov

2. Murod Xolmuhammedov

3. Igor Sergeev

4. Jaloliddin Masharipov

Eng yaxshi futbolchiga ovoz berish jarayoni 16 dekabr kunidan 25 dekabr kunigacha davom etadi.




Coca Cola Superligasida yilning eng yaxshi murabbiyiga nomzodlar:

1. Shota Arveladze

2. Mirjalol Qosimov

3. Ro'ziqul Berdiev

4. Baxtiyor Ashurmatov

Eng yaxshi murabbiyga ovoz berish jarayoni 16 dekabr kunidan 25 dekabr kunigacha davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz