O'zil jamoadan ketadi. Unga faqatgina MYU xaridor, ammo...

Mirjalol Normatov
14 yanv 2019, 13:23
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri yarim himoyachi Mesut O'zil qishdayoq jamoadan ketishini istamoqda.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis yanvarda uning o'rniga boshqa futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda.

Qayd etish kerak, germaniyalik xavbek bu mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi. Oldinroq u bosh murabbiyi bilan kelisha olmayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

Bu mavsumda 30 yoshli O'zil "Arsenal" tarkibida 16 o'yinda qatnashdi va 4 gol urib, 3 golga assistentlik qildi. Uning shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

35 million evro atrofida baholanayotgan futbolchiga hozirda faqatgina "Manchester Yunayted" xaridor bo'lib turibdi. Biroq "kanonirlar" futbolchini principial raqibiga emas, boshqa davlat klubiga sotib yubormoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail