
Tomonlar kelishuviga ko'ra, bo'lajak uchrashuvda har ikki jamoaning 1996–1997 yillarda tavallud topgan (yoki undan kichik bo'lgan) futbolchilari ishtirok etadi.
Qayd etish joiz, Rossiyaning 1996 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat U-16 termasi 2012 yili Yevropa chempioni bo'lgan. O'sha yili O'zbekiston U-16 Osiyo chempionatida g'olib bo'lgandi.
Rossiya yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi Jasur Abduraimov shogirdlari uchun 2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 15–23 iyul kunlari BAAda bo'lib o'tadi.