O'zbekistonlik futbolchi Xitoy chempionati ramziy terma jamoasida

Aslanov Jasurbek
7 noya 2017, 12:14
Xitoyda 2017 yilgi futbol mavsumi o'z nihoyasiga etdi.

Statistikaga moslashgan Whoscored.com sayti Xitoy chempionatining 2017 yilgi mavsumi uchun ramziy terma jamoa tuzdi. Unda o'z poziciyasida eng yaxshi natija ko'rsatgan futbolchilar yig'ilgan. Ramziy terma jamoada O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov ham bor.

Ramziy terma jamoa

Darvozabon: Yulei ("Changsha Ginde")

Himoyachilar: Miao ("Changsha Ginde"), J. Linpeng ("Guanjou Evergrand"), Anzur Ismoilov ("Chanchun Yatay"), J. Jipeng ("Changsha Ginde").

Yarim himoyachilar: Renatino ("Changsha Ginde"), Rikardo Gulart ("Guanjou Evergrand"), Oskar ("Shanxay SIPG"), Eran Zaxavi ("Changsha Ginde").

Hujumchilar: Esekel Lavessi ("Xeybey Chayna Forchun"), Xalk ("Shanxay SIPG").


Eslatib o'tamiz, Anzur Ismoilov 2017 yilgi mavsumda Xitoy chempionatining 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia