O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Urugvayda jiddiy yo'qotish

Оқил Абдубарноев
13 okt 2025, 15:20
Futbolchi davolanish uchun klub ixtiyoriga qaytib ketdi.

Bugun Malayziyaning Malakka shahrida Urugvay va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi.

Janubiy Amerika jamoasi FIFA kunlaridagi ilk o'rtoqlik o'yinida Dominikan Respublikasini 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Mazkur bellashuvning 51-daqiqasida urugvaylik hujumchi Agustin Martines jarohat tufayli maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

Urugvay futbol assotsiatsiyasining bayonot berishicha, "Monca" futbolchisi davolanish uchun Italiyaga, klub ixtiyoriga qaytib ketdi.

Shu tariqa, 24 yoshli hujumchi O'zbekistonga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Urugvay uchrashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Уругвай футбол ассоциацияси