O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasi bugun Dubayda mashg'ulot o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2014, 10:28
O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Dubaydagi yig'ini davom etadi.
O'zbekiston U-22 terma jamoasi bugun, kunning birinchi yarmida BAA Futbol Uyushmasining Dubaydagi qarorgohi maydonida mashg'ulotlar o'tkazadi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, Shuxrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Ummondagi yoshlar o'rtasidagi (U-22) Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoamiz musobaqadagi ilk o'yinni 12 yanvar kuni Xitoyga qarshi o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia