O'zbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalda!

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2013, 19:14
Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida O'zbekiston yoshlari Gretsiya bilan kuch sinashdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasi bo'ldi.   

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 1/4 finalda Fransiya yoki Turkiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o'yin 6 iyul kuni Rizo shahrida bo'lib o'tadi.  

 

Gretsiya U20 - O'zbekiston U20 - 1:3 (1:1)

Hakam: Noumandiez Dou (Kot D'Ivuar)

Gollar: Abbos Maxstaliev 27, - 0:1.   Konstantinos Staflyidis 33 penalti, - 1:1. Igor Sergeev 61 penalti, - 1:2. Sardor Rahmonov 83 penalti, - 1:3.  

GretsiyaU20: 1.Stefanos Kapino, 3.Konstantinos Staflyidis, 5.Konstantinos Triantafyllopulos, 6.Panagiotis Ballas (4.Marudis Bugaidis, 58), 8.Spiridon Fourlanos, 9.Dimitrios Diamantakos, 10.Dimitrios Kovolos, 11.Ioannis Gianniotas (19.Antonios Ranos, 73), 15.Dimitrios Kourmpelis, 16.Dimitrios Konstantinidis, 18.Andreas Buchalakis (17.Anastasios Bakasetas, 68).

O'zbekiston U20: 1.Asilbek Omonov; 2.Toxir Shamsiddinov; 3.Sardor Rahmonov; 4.Boburbek Yo'ldoshev; 5.Maksimiliyan Fomin; 6.Abbos Maxstaliev; 7.Vladimir Kozak (19.Zabihillo O'rinboev, 81); 8.Diyorjon Turopov (11.Abdul Aziz Yusupov, 89); 17.Igor Sergeev (15.Jasurbek Hakimov, 85); 18.Sardor Sobirxo'jaev; 20.Muhsinjon Ubaydullaev 

Ogohlantirishlar: Dimitrios Kourmpelis 5, Bobur Yo'ldoshev 30, Sardor Rahmonov 79, Dimitrios Konstantinidis 82, Konstantinos Triantafyllopulos 87,  

Chetlatish: Dimitrios Kourmpelis 60 (2SK), Bobur Yo'ldoshev 86 (2SK). 

  

       

  

90+4-daqiqa. O'YIN TUGADI. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalga yo'l oldi!

90-daqiqa. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. O'zgarish. O'zbekiston. Diyorjon Turopov o'rniga Abdul Aziz Yusupov tushdi  

87-daqiqa. Ogohlantirish. Gretsiya. Konstantinos Triantafyllopulos  

86-daqiqa. Chetlatish. Bobur Yo'ldoshev

85-daqiqa. O'zgarish. O'zbekiston. Igor Sergeev o'rniga Jasurbek Hakimov tushdi  

83-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOL. SARDOR RAHMONOV - 1:3

82-daqiqa. Ogohlantirish. Dimitrios Konstantinidis    

82-daqiqa. Konstantinos Triantafyllopulos hozirgina maydonga tushgan O'rinboevni jarima maydoni ichida yiqitdi. Hakam ikkilanmay penalti belgiladi.  

81-daqiqa. O'zgarish. O'zbekiston. Vladimir Kozak o'rniga Zabihillo O'rinboev maydonga tushdi

80-daqiqa. Muhsin Ubaydullaev to'pni raqibdan olib qo'ydi, ammo uning Kozakka uzatgan pasi kuchliroq chiqdi. 

79-daqiqa. Ogohlantirish. Sardor Rahmonov

78-daqiqa. Raqiblar jarima maydonimiz ichida xavfli vaziyatni tashkil etishdi. Yo'ldoshev va Rahmonov to'pni Diamantakosdan olib qo'yishdi.

76-daqiqa. Kozakning jarima maydoni yonidan yo'llagan zarabasi noaniq ketdi. 

75-daqiqa. Turopov to'pni chap qanotdan jarima maydonga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. 

73-daqiqa.  O'zgarish. Gretsiya.  Ioannis Gianniotas o'rniga Antonios Ranos tushdi  

72-daqiqa. Abbos Maxstaliev burchak to'pini amalga oshirdi, to'pni vakillarimiz o'zlarida ushlab turishibdi. 

71-daqiqa. Kozak to'pni jarima maydoni markaziga oshirishga urindi, himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

69-daqiqa. Igor Sergeev yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo uning zarbasini darvozabon qaytardi. 

68-daqiqa. O'zgarish. Gretsiya. Andreas Buchalakis o'rniga Anastasios Bakasetas tushdi  

66-daqiqa. Toxir Shamsiddinov shifkorlar yordamiga muhtoj. 

65-daqiqa. Raqiblar Fominga nisbatan qo'pol o'ynashdi, belgilangan jarima to'pini Kozak amalga oshirdi. To'pni himoyachilar qaytarishdi. 

61-daqiqa. Belgilangan penaltini Igor Sergeev aniq amalga oshirdi - 1:2.

61-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. IGOR SERGEEV 1:2.

61-daqiqa. Chetlatish. Dimitrios Kourmpelis  

60-daqiqa. Kozak jarima to'pini amalga oshirdi, Spiridon Fourlanos Sergeevni ushlab qoldi, hakam penalti belgiladi.   

59-daqiqa. Ubaydullaevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib sekinlashdi va darvozabonning qo'llariga borib tushdi. 

58-daqiqa. O'zgarish. Gretsiya. Panagiotis Ballas o'rniga Marudis Bugaidis tushdi.

57-daqiqa. Staflyidisning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.   

55-daqiqa. O'zbekiston chamasi 30 metrlardan jarima to'piga ega bo'ldi. Turopovning jarima maydoniga oshirgan to'pi hech kimga tegmay maydonni tark etdi. 

54-daqiqa. Xavfli vaziyat. Greklar ancha xavfli hujumlar tashkil etishda davom etishadi. Chap qanotdan oshirib berilgan to'pni Ioannis Gianniotas boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p biroz noaniq ketdi.    

53-daqiqa. Abbos Maxstalievning pasidan so'ng Ubaydullaev darvozaga noaniq zarba berdi. 

51-daqiqa. Kozak belgilangan jarima to'pini to'g'ri darvozaga yo'lladi, o'ta noaniq zarba. 

49-daqiqa. Greklar xatodan foydalanib jarima maydonimizga qadar yetib kelishdi, Sardor Rahmonovning say harakatlari tufayli hujum to'xtatildi. 

48-daqiqa. Raqiblar jarima maydonimiz ichiga kirib borishdi, ammo Diamantakos zarba bera olmadi.  

47-daqiqa. Spiridon Fourlanos Maxstalievga nisbatan qo'pol o'ynadi.   

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi.  

--------- 

45+1-daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 1:1. Tanaffus. 

45+1-daqiqa. Hujumda Sergeev raqibga nisbatan xavfli o'yin nmoyish etdi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

43-daqiqa. Turopovning chap qanotda jarima maydoniga oshirgan to'pini Kapino ushlab oldi. 

42-daqiqa. Buchalakisning chap oyog'ida yo'llagan zarbasi juda xavfli bo'ldi, ammo noaniq. 

40-daqiqa. Ballasning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi o'ta noaniq bo'ldi. 

38-daqiqa. To'pni greklar o'zlarida saqlab turishibdi. 

35-daqiqa. Greklar burchak to'pini amalga oshirrishdi, to'p qaytarildi. 

33-daqiqa. GOL. Konstantinos Staflyidis penaltidan unumli foydalandi - 1:1.  

32-daqiqa. Fomin Dimitrios Diamantakosni o'z jarima maydoni ichida yiqitdi, penalti belgilandi.   

31-daqiqa. Ioannis Gianniotasning o'ng oyog'ida bergan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.   

30-daqiqa. Yo'ldoshev shundoqqina jarima maydoni chizig'i yonida raqibni yiqitdi, juda xavfli vaziyat.

30-daqiqa. Ogohlantirish. Bobur Yo'ldoshev

29-daqiqa. Raqiblar oldinga o'tishdi. Kovolosning zarbasini Omonov ushlab oldi. 

27-daqiqa. Vladimir Kozak chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi. Bu yerda Abbos Maxstaliev to'pni to'xtatmasdan darvozaning yuqori burchagiga yo'lladi - 0:1!

27-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOL. ABBOS MAXSTALIEV - 0:1

25-daqiqa. Abbos Maxstaliev o'ng qanotdan to'pni raqib jarima maydoni ichiga uzatdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. 

23-daqiqa. Kolovos Sobirxo'jaevni yiqitdi. Shamsiddinovning Sergeevga oshirgan to'piga Igor eta olmadi.  

23-daqiqa. Abbos Maxstalievning burchakdan oshirib bergan to'pni Bobur Yo'ldoshev boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida. 

22-daqiqa. Xavfli vaziyat! Igor Sergeev o'ng qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi. Himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. 

20-daqiqa. Bobur Yo'ldoshev Gianniotas bilan kurashda yutib chiqdi va Omonov to'pni o'z darvozasi oldidan o'yinga kiritadi. 

17-daqiqa. Gretsiyaning o'ng qanotdan tashkil etgan hujumini himoyachilarimiz qaytarishdi. Yakunda Buchalakis Muhsin Ubaydullaevga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

16-daqiqa. Raqiblarda endi jarima to'pi tepish imkoniyati. Konstantinos Staflyidisning burama zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.   

15-daqiqa. Amalga oshirilgan jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. 

14-daqiqa. Panagiotis Ballas Sardor Sobirxo'jaevga nisbatan qo'pol o'ynadi, vakillarimiz jarima to'pini amalga oshirishadi. Darvozagacha 26 metr masofa  

13-daqiqa. Xavfli vaziyat. Dimitrios Konstantinidis o'ng qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydonimiz ichiga uzatdi, to'pni Omonov ushlab oldi.   

10-daqiqa. Kovolosning zarbasini Asilbek Omonov egallab oldi.  

8-daqiqa. Maxstaliev to'pni o'ng qanotdan oldinga o'tayotgan Shamsiddinovga uzatdi, ammo Toxir to'pni maydonda saqlab qola olmadi. 

7-daqiqa. Andreas Buchalakisning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.   

6-daqiqa. Diyor Turopov chap qanotda ikki raqibni aldab o'tishga erishdi, ammo baribir oldinga o'ta olmadi. 

5-daqiqa. Kozak jarima to'pini amalga oshirdi, ammo himoyachilar xavfni baratarf etishdi.  

4-daqiqa.  Ogohlantirish.  Dimitrios Kourmpelis

3-daqiqa. Vakillarimiz o'ng qanotda raqib himoyasiga bosim uyushtirishdi, natijada to'pni olib qo'yildi.  Biroq Shamsiddinovning pasi noaniq ketdi. 

2-daqiqa. Greklar oldinga o'tishdi, ammo Toxir Shamsiddinov raqibni to'pga yetishiga qarshilik qildi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

19:57. Jamoalar esdalik uchun suratga tushishmoqda.  

19:56. O'zbekiston davlat madhiyasi!

19:55. Gretsiya madhiyasi!

19:54. Jamoalar maydonga tushib kelishdi

19:24. O'yindan oldin ikkala jamoa chigalyozdi mashqlarni o'tkazishmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif