O'zbekiston - Vetnam 3:1 (fotogalereya)

Narzulla Saydullayev
15 okt 2013, 22:59
15 oktyabr kuni Paxtakor stadionida O'zbekiston hamda Vetnam milliy terma jamoalari o'rtasida OK-2015 saralashi, 3-turidan o'rin olgan uchrashuv bo'lib o'tdi.
15 oktyabr, seshanba kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2015 saralash E guruhi 3-tur uchrashuvlari doirasida Vetnam terma jamoasini qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Bungacha Mirjalol Qosimov shogirdlari saralash bahslarida Gongkong terma jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o'ynagan, BAA milliy termasiga esa 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2015 saralashi doirasidagi navbatdagi uchrashuvlarni noyabr oyida o'tkazadi. Jumladan, 15 noyabr kuni Vetnamga qarshi to'p surilsa, 19 noyabr kuni Gongkongga qarshi bahs olib boriladi. Har ikkala o'yin safarda o'tadi.

Quyida, O'zbekiston hamda Vetnam milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. Suratlar muallifi O'FF matbuot xizmati hodimi Hasan Pirmuhamedov. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com