

20-28 mart kunlari bo'lib o'tadigan musobaqada O'zbekistonning o'rnini Qirg'iziston egalladi. Mezbon Qatardan tashqari, xalqaro turnirda yana BAA, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Iroq, Tailand va Vetnam U-23 terma jamoalari ishtirok etadi. Musobaqa formati bo'yicha har bir jamoa 3tadan o'yin o'tkazadi. Qur'a tashlash marosimi mart boshida o'tkaziladi.
Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, O'FA Doha Cup-2023 o'tadigan sanalarda boshqa terma jamoalar bilan kelishib bo'lgandi va ular bilan o'rtoqlik o'yinlarini bekor qilish katta jarimaga sabab bo'lishi mumkin. Shu tariqa, O'zbekiston U-23 termasiga Marokashda o'tadigan xalqaro turnirda qatnashadi va ularga quyidagi jamoalar raqiblik qiladi:
22 mart, O'zbekiston – Togo
25 mart, Kot-d'Ivuar – O'zbekiston
28 mart, Marokash – O'zbekiston



