O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Turkiyaga jo'nab ketdi

Aziz Tukhtamuradov
21 yanv 2015, 16:54
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi yangi yildagi ilk o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo'nab ketdi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi rejaga ko'ra, Istanbul shahridagi yig'in davomida bir qator terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Jumladan, Haydarov shogirdlari 22 yanvar kuni Ukraina U-20 yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. 31 yanvargacha davom etadigan yig'in davomida O'zbekiston U-20 terma jamoasi shuningdek bir qator jamoalar bilan o'rtoqlik nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirgan. Yig'indagi raqiblar va o'yin sanalari to'g'risida keyinroq ma'lumot beriladi.

Takidlash lozim, mazkur yig'in Haydarov jamoasi uchun shu yilning 30 may kuni Yangi Zelandiyada start oladigan U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon Chempionatiga tayyorgarlik bosqichidan o'rin olgan ilk yig'in hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, O'zekiston yoshlar terma jamoasi o'tgan yili Myanmada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionatida kuchli to'rtlikka kirgan va jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasining Turkiyadagi yig'iniga jo'nab ketgan tarkibi:

Darvozabonlar:
Dilshod Hamroev (Qizilqum)
Botirali Ergashev (Paxtakor)

Himoyachilar:
Akrom Komilov (Bunyodkor)
Odil Hamrobekov (Nasaf)
Doston Tursunov (Neftchi)
Ibrohim Abdullaev (Paxtakor)
Nodir Yo'ldoshev (Paxtakor)
Najmiddin Normurodov (Nasaf)
Rustam Ashurmatov (Qo'qon-1912)

Yarim Himoyachilar:
Javohir Sohibov (Paxtakor)
Otabek Shukurov (Mashal)
Mirjamol Qosimov (Bunyodkor)
Xurshid G'iyosov (Bunyodkor)
Javohir Siddiqov (Paxtakor)
Sardor Azimov (Bunyodkor)
Temur Tolipov (Paxtakor)
Jamshid Hoshimov (Sho'rtan)
Alisher Mirzaev (Paxtakor)

Hujumchi:
Doston Hamdamov (Bunyodkor)
Zabihillo O'rinboev (Bunyodkor)
Eldor Shomurodov (Mashal)
Asliddin Abdiev (Mashal)

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com