O'zbekiston U-20 Portugaliyaga ketishdan oldin Toshkentda mashg'ulot o'tkazdi

Tolibjon Qosimov
24 mar 2015, 11:37
O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi 25-30 mart kunlari Portugaliyaning Koimbra shahrida o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazadi.
Mazkur yig'in davomida Ravshan Haydarov jamoasi Portugaliya hamda Urugvay yoshlar terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar.

Shu munosabat bilan, kecha yoshlar terma jamoamiz "Jar" stadioni zaxira maydonida mashg'ulot o'tkazdi. Unda jami 19 nafar futbolchi ishtirok etdi. Oliy liganing 2-turida Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi o'yin o'tkazib qaytgan Dostonbek Hamdamovga murabbiylar dam olish imkoniyatini yaratib berishdi.

Qolgan futbolchilar bilan Ravshan Haydarov boshchiligidagi murabbiylar shtabi jiddiy ishladi. "Bunyodkor" hujumchisi Eldor Shomurodov viza borasidagi muammo tufayli xorij yig'inida ishtirok eta olmaydi.

May oyida Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi JCHda ishtirok etadigan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Portugaliyaga uchib ketadi.



Ravshan Haydarov shogirdlari bilan astoyidil ishladi



Javohir Sohibov jamoaning yetakchilaridan biri



Javohir Sidiqovni to'xtatib qolish juda qiyin



Doston Hamdamovga murabbiylar xordiq olish imkonini berishdi



Ilhom Mo'minjonov mashg'ulotlar vaqtida Ravshan Haydarovga yordam berib bordi



Mirjamol Qosimovdan muxlislarning umidi katta



Zabihillo O'rinboev mashg'ulotlar vaqtida himoyachilarga tinchlik bermadi



Foto: Tolibjon Qosimov

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia