O'zbekiston U-19 bugun Dubaydan Manamaga uchadi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2016, 10:59
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Dubayda bir haftalik yig'inni yakunlamoqda.

"BAAning Dubay shahrida bir haftalik yig'in o'tkazgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Dubaydan Manamaga yo'l oladi. Mahalliy vaqt bilan 16:30da Manamada terma jamoaning ilk mashg'uloti", - deb yozida O'FFning tvittyerdagi rasmiy sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvni 15 oktyabr kuni o'tkazadi. Shu kuni yoshlarimiz Tojikistonga qarshi o'ynashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia