O'zbekiston U-18 termasi Gruziya yoshlaridan revansh oldi

Narzulla Saydullayev
5 may 2017
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi Gruziya yoshlariga ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

2 may kuni Mochinov shogirdlari Gruziya yoshlar termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Kecha esa bu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi bahs bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston yoshlari raqibi ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozonib ilk mag'lubiyat uchun revansh olishdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur o'rtoqlik o'yinlari O'zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari o'tkaziladi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Tbisili, Gruziya
4 may, payshanba

Gruziya U-18 – O'zbekiston U-18 – 1:4


O'zbekiston U-18 termasi Gruziya yoshlariga mag'lub bo'ldi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia