

Ushbu o'yinda O'zbekiston U-17 terma jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” klubi o'rinbosarlari ustidan 2-0 hisobida g'alaba qozondi.
Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi kecha tunda Ispaniyaga jo'nab ketdi.
Malagada bo'lib o'tadigan musobaqada O'zbekiston U-17 terma jamoasi Fransiya, Belgiya hamda Shotlandiya U-18 terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. 10 oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Shotlandiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi so'nggi o'yin 15 oktyabr kuni Fransiya U-18 terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.




