

Terma jamoa bosh murabbiyi Azamat Abduraimov yig'in davomida terma jamoaga nomzod futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqda. Shuningdek, terma jamoa a'zolari "Chig'atoy", "Paxtakor 2004" jamoalariga qarshi nazorat o'yinlari o'tkazib, ularda g'alaba qozonishdi.
Kecha O'zbekiston U-16 "Spartak 2003" jamoasiga qarshi nazorat o'yini o'tkazdi. O'yin 2:0 hisobida Azamat Abduraimov shogirdlari g'alabasi bilan yakunlandi.
Poytaxtimizda davom etayotgan yig'in 18 fevral kuni yakuniga etadi.



