O'zbekiston U-16 terma jamoasi “CAFA U-16 championship-2019” musobaqasiga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2019, 12:03
O'zbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 14-22 sentyabr kunlari Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.

Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Azamat Abduraimov shogirdlari Toshkentda yig'in o'tkazdi. O'smirlar terma jamoamiz 19-24 iyul kunlari poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etdi.

Poytaxtdagi yig'inni yakunlagan Azamat Abduraimov boshchiligidagi terma jamoamiz bugun “CAFA U-16 championship-2019” musobaqasida ishtirok etish uchun Tojikistonga yetib bordi.

Takidlash joiz, 26 iyul – 1 avgust kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan o'tkaziladigan “CAFA U-16 championship-2019” musobaqasi bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqada O'zbekiston, Tojikiston, Eron, Turkmaniston, Afg'oniston va Qirg'izistonning o'smirlar terma jamoalari ishtirok etishadi.

O'zbekiston U-16 terma jamoasi ilk o'yinni 26 iyul kuni soat 20:30da tojikistonlik tengqurlariga qarshi Dushanbedagi “Markaziy stadion”da o'tkazadi.



Terma jamoamizning mazkur musobaqada qatnashadigan tarkibi:


#

F.I.SH.

Tug'ilgan sanasi

Amplua

Klubi

1.

Mahmudov Husanjon

2004

Darvozabon

Paxtakor

2.

Parmonov Beknur

2004

Darvozabon

Nasaf

3.

Poyonov Sunnatila

2004

Himoyachi

Paxtakor

4.

Toshkenboev Abdulaziz

2004

Himoyachi

Lokomotiv

5.

Pogosyan Vazgen

2004

Himoyachi

Paxtakor

6.

Todorov Kirill

2004

Himoyachi

Paxtakor

7.

Muydinov Muhammadbobur

2004

Himoyachi

Namangan NIOZMI

8.

Yulbarsov Elyor

2004

Himoyachi

Nasaf

9.

To'xtasinov Tohir

2004

Himoyachi

Bunyodkor

10.

Pazildinov Muxriddin

2004

Yarim himoyachi

Paxtakor

11.

Husanov Abduqodir

2004

Yarim himoyachi

Bunyodkor

12.

Hayrullaev Alisher

2004

Yarim himoyachi

Nasaf

13.

Islomov Rian

2004

Yarim himoyachi

Neftchi

14.

Bahodirov Sarvar

2004

 Yarim himoyachi

Yashnobod

15.

Xo'janberdiev Murod

2004

Yarim himoyachi

Nasaf

16.

Turdimurodov Rustam

2004

Hujumchi

Paxtakor

17.

Akramov Shahzod

2004

Hujumchi

Nasaf

18.

Rahmatov Obloyor

2004

Hujumchi

Neftchi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz