Shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda o'tkaziladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 4 avgust kuni Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagani haqida xabar bergan edik.
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi yig'in davomida bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashatirilgan edi. Dastlab, Toshkentdagi JAR stadionida Mochinov shogirdlari yig'in davomidagi ilk nazorat o'yinida Toshkentning Paxtakor klubi yoshlariga qarshi maydonga tushishgan va Paxtakor yoshlariga 1:3 hisobida mag'lub bo'lishgan edi.
7 avgust kuni O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi yig'in davomidagi ikkinchi nazorat o'yinini Bunyodkor klubi akademiyasining U-16 o'smirlariga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Mochinov ikki bo'limda ikki xil tarkibni maydonga tushirdi va yakunda o'smirlar terma jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionatida ishtirok etadi.
Nazorat uchrashuvi.
7 avgust. Bunyodkor akademiyasiga qarashli stadion.
O'zbekiston U-16 - Bunyodkor (U-16) - 3:0