

O'yin 20 daqiqadan uchta taym davom etdi. Bundan ko'zlangan maqsad yig'inga chaqirilgan har bir futbolchini sinovdan o'tkazish. Qiziqarli o'tgan bahsda 3:3 hisobi qayd etildi.
Ayni paytda O'zbekiston U-13 terma jamoasi 2016 yilning yanvar oyida Qatar poytaxti Doxada bo'lib o'tadigan turnirga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-13 terma jamoasini avvaliga Ahmadjon Musaev boshqarib kelayotgan edi. Keyinchalik bosh murabbiylikka Dilshod Nuraliev tayinlandi.



