
Shimoliy Koreya terma jamoasi Tailandga qarshi 20 may kuni nazorat uchrashuvi o'tkazadi.
Undan tashqari, avval xabar berganimizdek, KXDR 2 – 9 avgust kunlari Xitoyning Uxan shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu musobaqada Shimoliy Koreyadan tashqari Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya terma jamoalari ham qatnashadi.
Shuningdek, Baxrayn terma jamoasi ham Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishgan. Bu uchrashuv 5 iyun kuni Bangkokda bo'lib o'tadi. 28 avgustda esa Baxrayn Doxada Qatarga qarshi maydonga tushadi.