O'zbekiston terma jamoasi Tbilisiga yetib bordi

Aziz Tukhtamuradov
13 noya 2021, 08:56
15 noyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi safarda Gruziyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Terma jamoamiz ushbu o'rtoqlik o'yinida ishtirok etish uchun Gruziyaga yetib bordi. 

Bu haqida O'FA matbuot xizmati xabar berdi. 

Eslatib o'tamiz, mazkur bahs 15 noyabr kuni 19:00 da Tbilisi shahridagi “Boris Paichadze” stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати