O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2019, 21:31
Kecha O'zbekiston terma jamoasi KXDR bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandi.

Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz a'zolari "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazishdi. Unda KXDR bilan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgan 10 nafar futbolchi ishtirok etmadi. Asosiy tarkibda tushgan va tanaffusda zaxiraga olingan Xojiakbar Alijonov zaxiradan tushgan va bahsda qatnashmagan o'yinchilar bilan shug'ullandi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 11 iyun kuni Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Mazkur bahs "Milliy" stadionida soat 18:30da boshlanadi. 


foto: Jahongir Fayzullaev



Bu kimning oyog'i deb o'ylaysiz?


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia