O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Moskvaning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyiga aylandi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2016, 15:59
O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Oleg Pashinin Moskvaning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi vazifasiga tayinlandi.

Bu haqda "temiryo'lchilar" rasmiy sayti e'lon qildi. Pashinin jamoani "Terek"ka qarshi Rossiya chempionatining 3-tur uchrashuviga tayyorlaydi.

Oldinroq Igor Cherevchenko "Lokomotiv"ni tark etgan edi. Moskva klubi Igor Gennaevichga minnatdorchilik bildirdi va veteranga kelajakda omad tiladi!

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia