Pashinin Kapelloga yordamchi bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
26 avg 2014, 16:40
Ma'lumotlarga qaraganda, Oleg Pashinin Rossiya terma jamoasining Ozarbayjon va Lixtenshteynga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlarida Fabio Kapelloga yordam beradi.
Pashinin Rossiya terma jamoasining 1 sentyabr kuni boshlanadigan yig'inida ishlaydi. Uning murabbiylar shtabida qolish-qolmasligi hozircha aniq emas.

Eslatib o'tamiz, Oleg Pashinin bir vaqtlar O'zbekiston milliy terma jamoasi safida to'p surgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru