

O'zbekiston terma jamoasining sobiq a'zosi "Loko" murabbiylar shtabida ish olib borishidan xabaringiz bor.
Yaqinda "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Igor Cherevchenko iste'foga chiqarilgandi. Klub rahbariyati Pashininni vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib turuvchi sifatida tayinladi.
Rossiya chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Terek" - "Lokomotiv" o'yinida "temiryo'lchilar"ni aynan Pashinin boshlab tushadi.



