

Lokomotivga yarim yil oldin qaytgandim. Bu davr ichida Akademiyada ishladim, bir necha kun oldin esa yoshlar jamoasi darvozabonlar murabbiyi lavozimiga o'tdim. Taassurotlar ajoyib.
O'zim Lokomotivda o'ynaganman, o'z uyimga qaytdim.
Juma kuni yoshlar Ufaga qarshi o'ynaydi. Stadionga keling va bizni qo'llab quvvatlang, – deydi Polyakov.
Polyakov Lokomotiv safida 1995-2008 yillarda o'ynagan. 2011-2012 yillarda Lokomotiv-2 tarkibida harakat qilgan. Darvozabon 2001-2005 yillarda O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan.



