O'zbekiston terma jamoasi Qozog'istonga ikkinchi o'yinda ham yutqazdi

Tolibjon Qosimov
23 yanv 2016, 18:00
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Qozog'iston terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Olma-Ota shahrining Baganashil tumanida joylashgan "Zenit" sport kompleksida o'tkazilgan ikkinchi uchrashuv ham mezbonlarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Terma jamoamiz tarkibida kiritilgan yagona golga Dilshod Irsaliev mualliflik qildi.

O'rtoqlik uchrashuvi, 23.01.2016
Qozog'iston - O'zbekiston 3:1
Gollar
:  - D.Irsaliev

O'zbekiston: Birinchi beshtalik: Rustam Umarov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Dilshod Rahmatov, Dilshod Irsaliev.
Zahira: Akmal Xazratqulov, Klim Tyugaev, Nodir Eliboev, Javlon Anorov, Feruz Faxriddinov, Farhod Abdumavlonov, Andrey Shlema, Davron Choriev, Jamoliddin Sharipov.

Terma jamoamiz delegaciyasi ertaga tunda Toshkentga qaytib keladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz