O'zbekiston terma jamoasi meksikaliklar bilan qanday libosda o'ynashi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2023, 22:45
13 sentyabr tongida O'zbekiston terma jamoasi Meksika bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bergan ma'lumotga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchilar ushbu bahsda to'liq ko'k rangli formalarda harakat qilishadi. Darvozabon qora libosda ishtirok etadi.

Mazkur uchrashuvni amerikalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam - Viktor Rivas, unga qanotlarda Luis Uranga va Jeremi Kezo yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Kayl Jonsonga topshirilgan. 

 Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13-sentyabr kuni soat 05:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia