Meksikada haqiqiy drama

Sherzod Nurmatov
7 may 2026, 12:50
Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Agirre 6 maydan boshlangan yig'inga mahalliy chempionatdan 20 nafar futbolchini chaqirdi.
2.jpg

Ko'plab klublar futbolchilarini terma jamoaga yuborishni xohlamayotganini bildirdi. Bunga javoban Meksika futbol federatsiyasi 6 may soat 20:00 gacha terma jamoa ixtiyoriga yetib kelmagan o'yinchilar JCH qaydnomasidan tushib qolishi haqida e'lon chiqardi.

Meksika yig'in doirasida Gana, Avstraliya va Serbiya bilan o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/uz_eksport