18 iyun kuni JCH-2014 saralash 4-bosqich A guruhi so'nggi – 10-tur uchrashuvlari doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi Bunyodkor stadionida Qatar terma jamoasini qabul qiladi. Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadigan uchrashuvda terma jamoalar qaysi rangdagi liboslarda to'p surishi 17 iyun, dushanba kuni bo'lib o'tgan terma jamoa menejerlari mitingidan so'ng ma'lum bo'ldi.
Shunday qilib, O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan uchrashuvda ananaviy oq rangli liboslarda harakat qiladi. Qatar milliy terma jamoasi esa o'zining to'q qizil rangli liboslarida harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, 17 iyun kuniga o'yinoldi boshqa tadbirlar ham belgilangan. Jumladan, 16:30da Qatar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fahad as-Soniy ishtirokidagi matbuot anjumani o'tkaziladi. Shundan so'ng, 17:00da Qatar milliy terma jamoasi a'zolari Bunyodkor stadionida rasmiy o'yinoldi mashg'ulotlarini o'tkazishadi. 17:30da O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlarning savollariga javob bersa, 18:00da o'zbekistonlik futbolchilar rasmiy mashg'ulotlarni boshlashadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi o'yinga tayyorgarlikni 13 iyun kuni boshlagan edi. Mirjalol Qosimov ushbu o'yin uchun jami 23 nafar futbolchini terma jamoaga jalb qilgan. Ayni vaqtda, yakshanba kuni Toshkentga yetib kelgan Qatar terma jamoasi tarkibida ham 23 nafar futbolchi bor, biroq Fahad as-Soniy tarkibida bir qator jiddiy yo'qotishlar ham bor.