O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining navbatdagi yig'ini boshlandi

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2016
Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 20 iyun kuni Toshkentda o'zining navbatdagi yig'inini boshladi.

Shu yilning 15 sentyabr - 2 oktyabr sanalari davomida Hindistonda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi ushbu yig'in doirasida Belarus bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Har ikki o'yin Minsk shahrida bo'lib o'tadi. Jamoaning Belarusga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarining dastlabkisi 25 iyunda bo'lsa, ikkinchi o'yin 27 iyun sanasiga belgilangan. Har ikki uchrashuv mahalliy vaqt bilan 18:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga final bosqichiga tashlangan qur'a natijasiga ko'ra KXDR, Tailand hamda Yaman jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Olimxo'jaev shogirdlari turnirni 17 sentyabr kuni Tailandga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 20 sentyabrda Yaman va 23 sentyabr kuni esa KXDRga qarshi maydonga tushadi.

22 iyun kuni O'zbekiston U-16 Minskka jo'nab ketadi. U erga boradigan futbolchilar ro'yxati quyidagicha.

Darvozabonlar:

#

Futbolchi

Klubi

Tug'ilgan joyi

1

Xojakbar Jo'raev

“Paxtakor”

Toshkent

2             

Abduvohid Ne'matov     

“Nasaf”            

Qarshi               

Himoyachilar:

#

Futbolchi

Klubi

Tug'ilgan joyi

3

Ixtiyor Xoldorov

“Bunyodkor”

Chinoz

4

Mardon Abdullaev

“Bunyodkor”

Navoiy

5

Islom Karimov

“Bunyodkor”

Denov

6

Abubakr Mo'ydinov

“Bunyodkor”

Andijon

7

Shoxzamon Xayrullaev

“Paxtakor”

Yangier

8            

Muhammadali Namozov  

“Paxtakor”        

Denov                

Yarim himoyachilar:

#

Futbolchi

Klubi

Tug'ilgan joyi

9

Abdug'ani Kamolov

“Bunyodkor”

Namangan

10

Rasul Yo'ldoshev

“Bunyodkor”

Samarqand

11

Asadbek Sobirjonov

“Paxtakor”

Yangier

12

Oston O'runov

“Paxtakor”

Navoiy

13

Baxromjon Soatov

“Paxtakor”

Namangan

14

Ibrohim G'anixonov

“Paxtakor”

Toshkent

15         

G'ayrat Azizxo'jaev         

“Bunyodkor”        

Toshkent             

Hujumchilar:

#

Futbolchi

Klubi

Tug'ilgan joyi    

16

Shuxrat Ne'matov

“Bunyodkor”

Buxoro

17

Abdulhay Ismoilov

“Bunyodkor”

Namangan

18        

Doniyor Abdumo'minov     

UzDongJu          

Andijon

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com