O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamga uchib ketdi

Narzulla Saydullayev
11 mar 2015, 12:40
Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi 14 mart kuni Xoshimin shahrida Vetnam terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Bangladesh mezbonlik qiladigan U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik bosqichidan o'rin olgan mazkur uchrashuv 14 mart kuni Vetnamning Xoshimin shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu o'yinni o'tkazish uchun Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa kecha Xoshiminga uchib ketdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 23-31 mart kunlari Bangladeshda bo'lib o'tadigan OCH saralash E guruhida ishtirok etadi. Ushbu guruhda O'zbekiston U-23 yoshlari Bangladesh, Suriya hamda Hindiston U-23 terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Quyida Vetnamdagi o'yinga yo'l olgan jamoa tarkibini keltirib o'tamiz.

#Futbolchilar ism-sharifiTug'ilgan sanasiAmpluasiKlubi
1Tursunboev Akmal14.04.1993Darvozabon“Paxtakor”
2Abdujalilov Abdumavlon22.12.1994Darvozabon“Neftchi”
3Yo'ldoshev Boburbek08.04.1993Himoyachi“Lokomotiv”
4Raxmonov Sardor27.92.1994Himoyachi“Neftchi”
5Ubaydullaev Muxsinjon15.07.1994Himoyachi“Neftchi”
6Muxtorov Xurshidbek09.02.1994Himoyachi“Qo'qon-1912”
7Olimov Abdulloh11.02.1993Himoyachi“Neftchi”
8Asqarov Hasan17.04.1994Himoyachi“Buxoro”
9Maxstaliev Abbosbek12.01.1994Yarim himoyachi“Neftchi”
10Turopov Diyorjon09.07.1994Yarim himoyachi“Olmaliq”
11Sobirxo'jaev Sardor06.11.1994Yarim himoyachi“Bunyodkor”
12Abdumo'minov Jahongir09.02.1993Yarim himoyachi“Olmaliq”
13Rasulov Javohirbek18.06.1993Yarim himoyachi“Neftchi”
14Iskanderov Jamshid16.10.1993Yarim himoyachi“Paxtakor”
15Masharipov Jaloliddin01.09.1993Yarim himoyachi“Paxtakor”
16Sergeev Igor30.04.1993Hujumchi“Paxtakor”
17Isoqjonov Islomek29.04.1993Hujumchi“Olmaliq”
18Ayupov Temur28.03.1993Hujumchi“Bunyodkor”


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com