

Kecha terma jamoamiz a'zolari Lyubinko Drulovich boshchiligidagi navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishdi.
Serbiyalik mutaxassis mashg'ulotlar ko'tarinki ruhda o'tishi uchun jismoniy holatni yaxshilashga qaratilgan mashqlar bilan birgalikda futbolchilar bilan turli qiziqarli mashqlar olib bormoqda.
Yig'in davomida Ispaniyada bir qator nazorat o'yinlari o'tkazish ham rejalashtirilgan. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Taylandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Saralash bahslari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz a'zolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
Quyida e'tiboringizga Olimpiya terma jamoamizning Ispaniyadagi mashg'ulotlaridan tayyorlangan fotogalereyani havola qilamiz:










